O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan ishdan ketdi. 2018-yilning mart oyidan buyon O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Abduraimov bugun iste’foga chiqish bo‘yicha ariza yozdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiyga faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusida omad tilaydi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini endilikda qaysi mutaxassis boshqarishi yaqin
Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turganidan xabaringiz bor. 2020-yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31-mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi. Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik olib
Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun yig‘in doirasidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Bolgariya U-19 terma jamoasi bilan o‘tgan o‘yin 0:2 hisobida raqiblar foydasiga yakunlandi. O‘rtoqlik o‘yini O‘zbekiston U-19 – Bolgariya U-19 0:2 O‘zbekiston U-19: Izzat Tursunov, Abubakr Turdaliyev, Jasur Xoldorov, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Diyor Rahimqulov, Diyor Ramazonov, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Roziyev,
Xabaringiz bor, Server Jeparov boshchiligidagi O‘zbekiston U-14 terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. 2006-2007-yillarda tavallud topgan futbolchilaridan iborat terma jamoamiz ayni paytda 2 qismdan iborat yig‘in o‘tkazmoqda. Dastlabki 24 nafar futbolchidan iborat tarkib 27-yanvar – 1-fevral kunlari oralig‘ida mashg‘ulotlar va o‘yinlar olib bordi. 3– 8-fevral oralig‘ida esa navbatdagi 24 nafar futbolchi bilan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bugun yig‘inning
Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotganidan xabaringiz bor. Terma jamoamiz 2 kun davomida Toshkentda mashg‘ulotlar o‘tkazgach, Turkiyaga yo‘l olgan edi. Ayni damda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib bormoqda. 12-fevralga qadar davom etadigan ushbu yig‘in doirasida 5 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etiladi. Ularning