Xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Liga Kubogining yangi mavsumida qoʼshni Qirgʼiziston va Tojikiston jamoalari ham ishtirok etadi. OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov musobaqada qoʼshni mamlakatlar jamoalari ishtirok etishi Liga Kubogining nufuzi va tomoshabopligini oshirishga ham xizmat qilishini aytib oʼtdi: – Oʼzbekiston Liga Kubogi bahslarida Qirgʼiziston hamda Tojikistonning yetakchi klublari qatnashishi mazkur musobaqaga boʼlgan eʼtibor va qiziqishning ham
Bilasiz, oʼtgan yili ilk bor Oʼzbekiston Liga Kubogi musobaqasi tashkil etildi. Joriy yildan eʼtiboran mazkur musobaqada qoʼshni mamlakatlar jamoalari ham qatnashishlari mumkin ekani eʼlon qilinib, bu boradagi xat OʼFA tomonidan Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʼiziston futbol federatsiyalariga yuborilgan edi. Liga kubogi musobaqasining 2020-yilgi mavsumida Qirgʼiziston hamda Tojikistondan 4 tadan jamoa qatnashadigan boʼldi. Qirgʼizistonning yetakchi klublari –
Oʼzbekistonda futbolni 2030-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2019–2020-yillarda amalga oshirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”da Futbolda sharhlovchilik sohasini kuchaytirish, ushbu yoʼnalishda isteʼdodli kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish tizimini yoʼlga qoʼyish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratib oʼtilgan. Ushbu belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Oʼzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida taniqli sport sharhlovchilari Xayrulla Hamidov, Davron Fayziev
Bilasiz, Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar oʼyini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Oldinroq xabar berganimizdek, endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi. Bugun UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske
Bilasiz, milliy chempionatimiz uchrashuvlariga muxlislar qiziqishini orttirish, stadionlarga muxlislar tashrifini koʼpaytirish, ishqibozlar oʼrtasida muxlislik madaniyatini yanada rivojlantirish boʼyicha qator saʼyi-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bugun Namangan shahrida futbol ishqibozlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari, OʼFА Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Аbramov hamda terma jamoamiz