Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichi uchrashuvlari iyun oyida Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. Bo’lajak muhim uchrashuvlarga yuqori darajada tayyorgarlik ko’rish, MTJ tarkibiga nomzod futbolchilarning jismoniy holatini o’rganib chiqish maqsadida ularning bir qismi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida funksional tekshiruvdan o’tkaziladi. Tibbiy ko’rikka chaqirilgan dastlabki nomzod futbolchilar ro’yxati: № F.I.Sh.
Bugun O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda futbolni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarlarni tahlil etishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Videoanjuman shaklida o’tkazilgan yig’ilishda hududiy futbol assotsiatsiyalari birinchi vitse-prezidentlari, texnik direktor, futbol akademiya direktorlari va bolalar-o’smirlar futboli bo’yicha mas’ul mutaxassislar o’z hududida yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi. Hududlardagi futbol akademiyalari
Futbolning bugungi rivojlanish ko’rsatkichlari nafaqat murabbiy va futbolchilarning malakasi va mahoratiga, balki ilmiy-uslubiy tahlil va zamonaviy inovatsion texnologiyalarga ham bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu sababli, O‘zbekiston Superligasi jamoalari futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish, ilmiy-tahliliy yondoshish, kuzatib borish va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida Janubiy Koreyaning “Fitogether” zamonaviy qurilmalari to‘plamini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Kecha O’zbekiston
Bugun O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda hakamlikni rivojlantirish, yosh hakamlarni saralab olish va ularning kasbga bo‘lgan layoqatlarini sinovdan o‘tkazish maslalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Videoanjuman shaklida o’tkazilgan yig’ilishda hududiy futbol assotsiatsiyalari birinchi vitse-prezidentlari, texnik direktor va hakamlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari o’z hududida hakamlik sohasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi. O’zbekistonda
Bugun FIFA Master Futuro dasturidan o’rin olgan hakamlar instruktorlari uchun onlayn tarzda o’quv seminari start oldi. Ushbu dasturning asosiy yo’nalishi – bu butun dunyo bo’ylab assotsiatsiyalardan tanlab olingan kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Shuningdek, FIFA instruktorlariga o’zlarining milliy futbol assotsiatsiyalari homiyligida mahalliy hakamlarga teoriya darslarini tashkil etish uchun zarur ko’nikmalarni beradi. 26-apreldan 4-mayga qadar davom etadigan mazkur