Аziz yurtdoshlar, bugungi kunda koronavirus tahlikasi dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Аmmo xavotirlanishga aslo oʼrin yoʼq. Oʼz uyimizda, oila aʼzolarimiz bilan birgalikda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilaylik. Keling, birgalikda kurashaylik! Eng muhimi, vahimaga tushmaylik! Odil Ahmedov hamda Server Jeparovning bu boradagi tavsiyalarini tomosha qilishingiz mumkin. Советы от Сервера Джепарова о том, как избежать коронавирусной инфекции: всегда
Bir uchrashuv statistikasi rukni ostida milliy terma jamoamiz ishtirokidagi o’yinlar to’liq statistikasini berib boryapmiz. Bugun Toshkentda o’tgan O’zbekiston – KXDR o’yini batafsil statistikasini taqdim etamiz. Batafsil Telegram kanalimizda:
#TarixiyGollar rukni ostida e’tiboringizga turli yillarda milliy jamoamiz a’zolari tomonidan kiritilgan chiroyli gollarni havola qilib kelyapmiz. Bugun Osiyo kubogi-2019 doirasida Jaloliddin Masharipov tomonidan Turkmaniston darvozasiga kiritilgan golni yodga olamiz.
Kecha to’p uzatma yo’nalishiga qarab gol va uning muallifini topa olasizmi, deya savol bergan edik. Javob: JCH-2018 saralashi doirasida Aleksandr Geynrix Sardor Rashidovning pasidan so’ng KXDR darvozasini ishg’ol qilgan edi.
Aziz muxlislar, ayni paytda global miqiyosda Koronavirus infektsiyasi tarqalayotgani sabab quyida sizlarga koronavirusdan saqlanish bo’yicha muhim tavsiyalar bilan o’rtoqlashamiz: – Ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning; – Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving; – Spirtli dezinfektsiyalovchi vositalardan foydalaning; – Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling; – Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan aslo ushlamang;