Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasining “Bunyodkor” stadionidagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga start beriladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov 10-avgustga qadar davom etadigan ushbu yig’inga 28 nafar futbolchini jalb etgan. Shuningdek, Timur Kapadze boschiligidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi bugundan “Chig’atoy” bazasida yig’inga kirishadi. Shu sababli, 6- va 9-avgust kunlari mazkur ikki terma jamoa o’rtasida o’zaro nazorat uchrashuvi bo’lib o’tishi
Xabaringiz bor, U19 O’zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida yurtimizda o’tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Mazkur musobaqaga hozirlik ko’rayotgan Timur Kapadze shogirdlari 3-13 avgust kunlari Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. “Chig’atoy” bazasida tashkil etiladigan ushbu yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib boradi. O’quv-mashg’ulot yig’in avvalidan
Kecha xabar berganimizdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyi avvalida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. 3-10 avgust kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan mazkur yig’inga “Paxtakor” klubining 13 nafar a’zosi chaqirilgan edi. Biroq bugun olingan so’nggi test natijalariga ko’ra ushbu futbolchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar borligi ma’lum bo’ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi boshqa o’yinchilarni sog’ligini xavf
2021-2022 yillarda bo’lib o’tadigan OCHL va OFK kubogida O’zbekistonga 1+1+1 ko’rinishida yo’llanmalar ajratiladi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan kelasi ikki mavsum davomida qit’aning klublar miqiyosidagi nufuzli musobaqalari Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK kubogida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi. Unga ko’ra, Osiyo chempionlar ligasining kelasi ikki mavsumida O’zbekiston klublariga 1+1 kvota ajratiladi. Ya’ni,
Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o’tkazadi. Ushbu bahslarga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, 3-avgustdan 10-avgustga qadar milliy terma jamoamiz ishtirokida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o’quv-mashg’ulot yig’ini bo’lib o’tadi. Yig’indan avval terma jamoa to’liq tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mashg’ulotlar yopiq