O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. “Sharja” stadioni mezbonlik qilgan mazkur bahsda Milliy jamoamiz a’zolari Suriya vakillariga qarshi maydonga chiqdi. Ikkinchi bo’lim avvalida Mahmud Al Mavas tomonidan Abduvohid Ne’matov qo’riqlayotgan darvozaga kiritilgan yagona gol yakunda Suriyaga 1-0 hisobidagi g’alabani taqdim etdi. Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi Suriya 1-0 O‘zbekiston Gol:
O’zbekiston U22 terma jamoasi 10-16 noyabr kunlari Toshkentda shahridagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig’inga 25 nafar futbolchini jalb etgan. Yig’in doirasida “Bunyodkor” va “AGMK” klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan.
BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomlab, O’zbekistonga qaytgan o’smirlar terma jamoasi uchun Toshkentda 2 ta nazorat uchrashuvi tashkil etiladi. Ertaga U16 O’zbekiston terma jamoasi “Qibray” stadionida “Paxtakor U21” vakillari bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi. Mazkur bahs soat 15.00 da start oladi. 16-noyabr kuni Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz “Lokomotiv U21” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv “TTYMI” stadionida soat
O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi ertangi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi. Igor Sergeyev o’rniga chaqirilgan Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga qo’shildi va mashg’ulotlarda ishtirok etdi. Milliy terma jamoamizga jalb etilgan yana bir hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugun tunda Dubay shahriga yetib boradi. Koronavirusga topshirgan test javobi chiqqunga qadar futbolchi mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida