O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol mahorat maktablarining turli yosh toifalaridagi jamoalari o’rtasida O’zbekiston kubogi bahslari boshlandi. Joriy yilning 23-28 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan mazkur musobaqalarga Farg’ona, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mezbonlik qilmoqda. 🏆U13 O’zbekiston kubogi mezboni: Samarqand
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlari, shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati, ushbu hujjatlar ijrosini
Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasidagi navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. “Bunyodkor” akademiyasi sport zalida o’tgan mazkur bahsda futzalchilarimiz Tojikiston vakillariga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy kechkan mazkur uchrashuvda terma jamoamiz 4-2 hisobida zafar quchdi. Futzal bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvi 🇺🇿 O’zbekiston 2-2 Tojikiston 🇹🇯 Gollar: Akbar Usmonov (dubl), Anasxon Rahmatov,
Bugun futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi o’rtoqlik uchrashuvda maydonga chiqadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari kecha “Bunyodkor” akademiyasi sport zalida o’yin oldi rasmiy mashg’ulot o’tkazdi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, o‘z davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Ularda xalqimizning ma’naviy-madaniy merosi, tarixi, urf-odat hamda an’analari, orzu umidlari, ezgu maqsadlari mujassamdir. Davlatimizning Bayrog‘i ana shunday muqaddas timsollardan biridir. 29 yil davomida davlat bayrog’i mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning birligi, Vatanimizda har bir insonning o’rni muhimligini ifodalab kelmoqda. Yurtimiz bayrog’i har doim jahon arenalarida yuksaklarga ko’tarilaversin!