Free ebooks Library zlibrary project

Biroz avval U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U16 O’zbekiston Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, o’smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Olim Shokirov qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Biroz avval O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi ishtirok etadigan U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U16 O’zbekiston Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oldi. C guruhi 1. 🇰🇷 Janubiy Koreya 2. 🇦🇺 Avstraliya 3. 🇮🇳 Hindiston 4. 🇺🇿 O’zbekiston

Avval xabar berganimizdek, O’FA Ijroiya qoʼmitasining navbatdagi yig’ilishida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha umumiy hisobot tinglandi. Bugundan boshlab ushbu hisobotda ko’rsatib o’tilgan bir qator mavzularni e’tiboringizga havola etib boramiz. Dastavval, O’zbekiston milliy terma jamoalarini shakllantirish bo’yicha joriy etilgan yangi tizim haqida ma’lumot beramiz.    

Futbol mahorat maktabiga 2020-2021 oʼquv yili uchun umumtaʼlim maktabining 4-sinfini tamomlagan 10-11 yoshga toʼlgan oʼquvchilarni qabul imtixonlarida ishtirok etishlariga taklif etamiz! Hujjatlar 15-iyundan – 15-iyulgacha boʼlgan muddat (shu kuni ham) mobaynida onlayn tarzda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar roʼyxati: 1. Ota-onasi yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar tomonidan futbol mahorat maktabi direktori nomiga ariza; 2.Tugʼilganlik xaqida guvoxnoma 

Batafsil

O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Birinchi liga klubi bilan nazorat uchrashuvi o’tkazdi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida Toshkentning “Neftgazmontaj” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O’zbekiston U19 vakillariga g’alaba olib keldi. O’zbekiston U19 1-0 “Neftgazmontaj” Gol: Asliddin Toshtemirov