Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining navbatdagi oʻyinida Bangladesh termasini qabul qildi. Qizgʻin oʻtgan bahsda vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz 6 ta toʻp kiritdilar. Oʻzbekiston 6-0 Bangladesh Gollar: Ulugʻbek Hoshimov 12′, 17′, Eldorbek Begimov 17′, Asliddin Toshtemirov 27′, Abbosbek Fayzullayev 64′, Alisher Odilov 87′.
Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bolalar futbolini rivojlantirish boʻyicha taniqli nemis mutaxassisi Andrey Vaybert bilan uchrashdi. Suhbat davomida Ravshan Ermatov har bir jamoaning asosi — akademiyalar va bolalar futboli hisoblanishi, shu sababli mazkur sohani rivojlantirish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini taʼkidladi. Andrey Vaybert Markaziy Osiyo davlatlari ichida Oʻzbekistonda bu yoʻnalishga eʼtibor yuqori ekanligini eʼtirof
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston soʻnggi yillarda Osiyo miqyosidagi bir nechta nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Ushbu turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish va teletranslyatsiya qilish muhim jarayon boʻlib, mazkur sohalarni rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda. Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va OFKning translyatsiyalar boʻyicha hamkori hisoblangan “Football Marketing Asia” kompaniyasining direktori Patrik Myorfi bilan uchrashdi. Ochiq
U-23 Osiyo Kubogi Saralash bosqichining “J” guruhidan oʻrin olgan Laos — Tailand uchrashuvida oʻzbekistonlik hakamlar ishlaydi. Moʻgʻulistonda oʻtkazildagan bahsda Ahrol Risqullayev bosh hakam vazifasini bajaradi. Sanjar Shoyusupov esa mazkur uchrashuvga yordamchi hakam sifatida tayinlangan.
O’zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslarida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi. Oʻzbekiston 2:2 Saudiya Arabistoni Gollar: Hamid Abdullah 40′, Otabek Joʻraqoʻziyev 45′, Abdulmuhsin Alqahtani 46′, Jasurbek Jaloliddinov (p) 79′.