Xabaringiz bor, Olimpiya terma jamoamizni 2022-yilda ikkita yirik musobaqa — mamlakatimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo kubogi va Xanchoudagi Osiyo oʻyinlari kutib turibdi. Bu borada oldinda turgan nufuzli turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik koʻrish uchun ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, U-23 terma jamoamiz 15-28-dekabr kunlari Toshkent va Antaliya shaharlarida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi. Timur Kapadze mazkur yigʻinga
Mamlakatimizda 2021-yilgi futbol mavsumi oʻz nihoyasiga yetib bormoqda. Barcha rasmiy musobaqalar yakunlanib, yil sarhisobini amalga oshiradigan payt ham borgan sayin yaqinlashmoqda. Ortda qolayotgan yil hech shubhasiz oʻzbek futboli tarixida oʻz izini qoldiradi. 2021-yil mobaynida turli yoshdagi terma jamoalarimiz, shuningdek yurtimiz shaʼnini xalqaro maydonda himoya qilgan klublarimiz koʻplab yodda qolarli uchrashuvlarni oʻtkazishdi, Coca-Cola Superliga, mamlakat kubogi
Avval xabar berganimizdek, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida OʻFA qoshida Tibbiy qoʻmita tashkil etildi. Bugun mazkur qoʻmita boshchiligida hududiy bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalarining tibbiy xodimlari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi. Anjumanda ishtirok etgan OʻFA birinchi vitse-prezidenti
Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qozogʻistonlik futzalchilarga qarshi uchrashuvda toʻliq oq rangda maydonga tushadi, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi. Uchrashuv 18:00 da “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
OFK 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qurʼa tashlash marosimi vaqtlarini maʼlum qildi. Unga koʻra, 2022-yilning 24-fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qurʼa tashlash marosimi onlayn tarzda oʻtkaziladi. Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan. Saralash bahslari 2022-yilning iyun