Xabaringiz bor Oʻzbekistonning 2021-yildagi eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Mazkur soʻrovnomada yurtimizdagi 60 nafar sport jurnalistlari ishtirok etdi va nomzodlarga oʻz ovozlarini berdi. Hisoblash jarayonida nomzodlarga birinchi oʻrin uchun 3 ball, ikkinchi oʻrin uchun 2 ball hamda uchinchi oʻrin uchun 1 balldan berildi. Yakuniy hisob-kitoblardan soʻng nomzodlar quyidagicha oʻrin oldi. Eng
Husain Norchayev, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov mazkur sovrinning yakuniy nomzodlari uchligidan oʻrin oldilar. Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.
Joriy mavsumda murabbiylar oʻrtasidagi raqobat ham yuqori boʻldi. Xususan, kuchli uchlikdan oʻrin olgan har bir nomzod oʻz jamoasi bilan birgalikda nafaqat chiroyli oʻyinlar, balki iroda ham koʻrsata oldi. Xususan, Ulugʻbek Baqoyev qoʻl ostidagi “Soʻgʻdiyona” klubi mavsum yakunida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor” kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, kumush medallarga ega chiqdi. Roʻziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” klubi OFK
2021-yil koʻplab yosh futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Terma jamoalar tarkibida va chempionat oʻyinlarida oʻzlarining iqtidorlarini namoyish eta olgan — Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov va Husain Norchayev yakuniy nomzodlarning uchligidan oʻrin oldilar. Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Oʻzbekiston milliy va U-23 terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi futbolchisi Husain Norchayev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga munosib
“Yilning eng yaxshi futzalchisi” Futzal boʻyicha Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida yorqin oʻyinlar namoyish etib kelayotgan futzalchilarimiz — Davron Choriyev, Husniddin Nishonov va Dilshod Rahmatov yakuniy nomzodlarning uchligidan oʻrin oldilar. Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubi futzalchisi Dilshod Rahmatov “Yilning eng yaxshi futzalchisi”ga aylandi.