Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida “Men sport bilan birgaman, sport mening hayotim” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda U-20 Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan futbolchilar hamda “Paxtakor-W” jamoasi aʼzolari ishtirok etishdi.