Xabaringiz bor, ayni kunlarda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi. Bugun kunning birinchi qismida Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkent viloyatida terma jamoalar uchun qad rostlayotgan Doʻstlik bazasini koʻzdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurdi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur bazadan oʻrin olgan obyektlar, xususan, futbolchilar istiqomad qilishi uchun moʻljallangan
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. AGMK — “Qoʻqon-1912” Superliga 5-turi doirasidagi AGMK — “Qoʻqon-1912” uchrashuvida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Dilshod Rahmatullayev uchrashuvning 30-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilshod Rahmatullayevga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yil Toshkent va Qarshi shaharlarida oʻtkaziladigan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Zayniddin Tojiyev boshchiligida Toshkentda yigʻin oʻtkazdi. Jamoa oldida bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz Xorvatiyada boʻlib oʻtadigan “Vlatko Markovich” U-15 xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Kecha OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik rejalari bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma