2023-yilning mart oyida Oʻzbekiston yashil maydonlarida 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda Osiyoning eng kuchli jamoalari qitʼa birinchiligi va Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi. Oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ham mezbon sifatida mazkur musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoamiz, rejaga muvofiq, musobaqaga qadar bir nechta yigʻinlar oʻtkazishi,
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Toshkentdagi yigʻinlarini boshladi. Mashgʻulotlar JAR sport majmuasida boʻlib oʻtdi. Ravshan Haydarov shogirdlari slovakiyalik tengdoshlariga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Mashgʻulotlardan fotogalereyani tomosha qiling
Yigʻin doirasida vakillarimiz Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Joriy yilning 19-sentyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o’quv-mashgʻulot yig’inlarini boshlaydi. Yigʻinning dastlabki kuni Toshkentda oʻtadi, keyin esa jamoamiz Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o’rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yoʻl oladi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur yigʻinlarga jalb etilgan futbolchilarining kengaytirilgan roʻyxatini eʼlon qildi. Maʼlumot uchun, terma jamoamiz
Ertaga Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi navbatdagi yigʻinga kirishadi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi jamoamiz 17-20-sentyabr kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulotlarini olib boradi. Shundan keyin vakillarimiz koreyalik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga joʻnab ketishadi. Bahslar 23 va 26-sentyabr kunlari Hvason shahrida boʻlib oʻtadi.