FIFA Futzal Jahon chempionati oldidan muhim tadbir boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sport vazirligi hamda 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi va FIFA vakillari ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining Xavfsizlik konsepsiyasi imzolandi. Xavfsizlik konsepsiyasining imzolanishi turnirga tayyorgarlikning majburiy bosqichi bo‘lib, musobaqaning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashda muhim jarayon hisoblanadi.
Bugun, 6-sentyabr kuni Xose Venansio Lopes boshchiligidagi Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon reytingi yetakchisi Braziliyaga qarshi bahs olib bordi va magʻlub boʻldi — 2:9. Jamoamizning gollariga 12-daqiqada Abbos Elmurodov, 19-daqiqada esa Husniddin Nishonov mualliflik qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoalar oʻrtasidagi ikkinchi bahs, 8-sentyabr kuni “Humo arena”da oʻtkaziladi.
Bugun, 5-sentyabr kuni Srechko Katanes boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi “A” guruhi 1-turi doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida gʻalabaga qozondi. Gʻalaba goliga 20-daqiqada Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Oʻyindan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes va Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-21 xalqaro oʻrtoqlik turnirida Malayziyani magʻlub etdi. Malayziya 0:2 Oʻzbekiston Gollarga Dilshod Abdullayev 58’ hamda Ollobergan Karimov 85’ mualliflik qildi. Jamoamiz tarkibi: 21. Samandar Muratbayev 4. Gʻiyosjon Rizaqulov 5. Azizbek Toʻlqunbekov 6. Ravshan Xayrullayev 7. Daler Tuxsanov 9. Saidumarxon Saidnurullayev 10. Muhammadali Oʻrinboyev (s) 19. Rustambek Fomin 18. Narimon Ahmadjonov 20.
MilliyJamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes hamda jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ertangi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi: Srechko Katanes: Ertangi oʻyin haqida — Barchasi joyida, futbolchilarimiz oʻyinga tayyor. Kechagi mashgʻulotda ham jamoamiz diqqat va eʼtibor bilan oʻyinga tayyorgarlik ko’rdi. Biz o’z uyimizda oʻynaymiz, shu sababli maqsadimiz faqat gʻalaba qozonish. Taqvim va jamoaning holati haqida — Raqibimiz biz bilan oʻyinga