Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 27-yanvar kuni Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Bahodir Ahmedov shogirdlari yigʻinning ikkinchi qismini xorijda davom ettiradi. Vakillarimiz 4-5-fevral kunlari Belarus futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar Mogilyov va Minsk shaharlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida hududlardagi futbol assotsiatsiyalarining media mutaxassislari ishtirokida uch kunlik seminar boshlandi. Dastlab hududiy assotsiatsiyalarning mazkur yoʻnalish boʻyicha faoliyati tahlil qilindi. Darslar davomida ijtimoiy tarmoqlarni sifatli kontent bilan toʻldirish, rasmiy sahifalarni yuritish va matn bilan ishlash yuzasidan tushunchalar berildi. Seminar davomida foto va video materiallar ustida ishlash, dizayn va translyatsiya boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Tailandda boʻlib oʻtadigan sohil futboli boʻyicha Osiyo kubogining guruh bosqichiga qurʼa tashlandi. Unga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi “B” guruhi 🇦🇪 BAA 🇮🇷 Eron 🇲🇾 Malayziya 🇺🇿 O’zbekiston
Unga koʻra, Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi dastlabki turda tojikistonlik futzalchilarga qarshi bahs olib boradi. 27-yanvar 17:00 Oʻzbekiston — Tojikiston 28-yanvar 17:00 Qirgʻiz Respublikasi — Oʻzbekiston 30-yanvar 17:00 Oʻzbekiston — Eron Barcha uchrashuvlar “Yunusobod” yopiq sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Bugun sohil futboli bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Yigʻinning ikkinchi qismi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom ettiriladi. Terma jamoamiz mazkur yigʻin doirasida Belarus terma jamoasiga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. 25-yanvar Belarus — O’zbekiston 26-yanvar Belarus — O’zbekiston Bosh murabbiy Ahadjon Yusupov tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing