Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo kubogida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi. Eslatib oʻtamiz, vakillarimiz musobaqaning “A” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, Suriya, Iroq hamda Indoneziya yoshlar terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Jamoamizning ilk uchrashuvi 1-mart kuni “Bunyodkor” stadionida Suriyaga qarshi boʻlib oʻtadi. TARKIB:
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Ummonga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda vakillarimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondilar. Oʻzbekiston 2:0 Ummon
Oʻzbekiston U-20 futzal terma jamoasi mart oyida Santaren shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Nodir Eliboyev boshchiligidagi vakillarimiz mazkur yigʻin doirasida portugaliyalik futzalchilarga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 17-18-mart kunlari boʻlib oʻtadi. 17-mart Portugaliya 🆚 Oʻzbekiston 18-mart Portugaliya 🆚 Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 2:1 Avstraliya Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi “Antalya Youth Cup” turniri gʻolibi. Gollar: Shodiyor Shodiboyev 35′, Yakob Maklachlan 40′, Lazizbek Mirzayev 76′.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi yigʻin doirasida soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari mazkur uchrashuvda durang qayd etdilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Tojikiston 🇹🇯