1-18-mart kunlari yurtimiz mezbonligi ostida oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Qitʼa birinchiligi uchun oʻtkazilgan bahsning final uchrashuvida Oʻzbekiston hamda Iroq yoshlar terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar. Qiziqarli va kurashlar ostida oʻtgan bahsda oʻzbekistonlik yoshlar gʻalaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Iroq 🇮🇶 Gol: Umarali Rahmonaliyev
Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining final uchrashuvida iroqlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Qitʼa chempionligini taqdim etuvchi ushbu uchrashuv poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 🏆 U-20 Osiyo kubogi 🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Iroq 🇮🇶 📆 18-mart | 19:00 🏟 “Bunyodkor” stadioni
Osiyo kubogi musobaqasining hal qiluvchi uchrashuviga bir kun qolmoqda. Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chempionlik yoʻlida Iroq termasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston – Iroq 18-mart | 19:00 “Bunyodkor” stadioni
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev final oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Ravshan Haydarov Ertangi oʻyin haqida: Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor finalga qadar yetib kelishimizda bizni qoʻllab-quvvatlab turgan xalqimiz va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga bizni muhim oʻyin kutib turibdi. Mazkur uchrashuvga reja boʻyicha tayyorgarlik olib bordik,
Kigali (Ruanda) shahrida FIFAning 73-Kongressi oʻtkazildi. Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar vakillari, xususan, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Kun tartibidan tashkilotning 2022-yilgi faoliyatini sarhisob qilish, ushbu davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish, 2024-yil uchun byudjetni tasdiqlash va FIFAga aʼzo boʻlgan assotsiatsiyalar takliflarini muhokama qilish masalalari oʻrin oldi. Turli yosh toifasidagi musobaqalarga oid yangiliklar taqdim