Osiyo futbol konfederatsiyasi yurtimizda bo‘lib o‘tgan U20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda terma jamoamizning bir nafar futbolchisi – Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. Ushu tekshuriv “A”, ya‘ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng “B” qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakinuy qaror chiqariladi. O’zbekiston futbol
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Ispaniya safari oldidan Toshkentda yigʻin boshladi. Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing. Eslatib oʻtamiz, vakillarimiz yigʻin doirasida Braziliya (U-20), Dominikan Respublikasi (U-20) va Gibraltar (U-21) terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. 22-aprel Oʻzbekiston 🆚 Braziliya 25-aprel Oʻzbekiston 🆚 Dominikan R. 27-aprel Oʻzbekiston 🆚 Gibraltar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida “Men sport bilan birgaman, sport mening hayotim” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda U-20 Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan futbolchilar hamda “Paxtakor-W” jamoasi aʼzolari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlar yangi bosqichga chiqayotgani, yaponiyalik murabbiylar yurtimizda samarali faoliyati yuritib kelayotgani qayd etildi. Professional futbolda sport tibbiyoti yildan yilga muhim ahamiyat kasb etayotgani sababli, OʻFA yaponiyalik hamkorlar bilan birga ayollar terma jamoalariga sport tibbiyoti mutaxassislarini jalb etgan. Endilikda barcha terma jamoalarga yaponiyalik sport tibbiyoti mutaxassislarni taklif