Timur Kapadze boshchilgidagi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Marokashdagi yigʻin doirasida dastlabki oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “Fath Union Sport” stadionida oʻtkazilgan bahsda vakillarimiz togolik tengdoshlari darvozasiga 5ta toʻp kiritdilar. Uchrashuvda Muhammadqodir Hamraliyev, Odilbek Abdumajidov va Sardor Mahmudov terma jamoadagi debyut golini kiritdilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 5:3 Togo 🇹🇬 Gollar: Chakey Moucheri 8ʼ, Muhammadqodir Hamraliyev 27ʼ, Otabek Joʻraqoʻziyev 39ʼ, Odilbek Abdumajidov 71ʼ, Alisher Odilov 76ʼ, Sardor Mahmudov 79ʼ, Auro Vetchire 83ʼ, Laba Kevin 90ʼ.
Ushbu marosimda soʻz olgan rasmiylar futbolchilarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga bo’lib oladigan Jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolishdi. Tadbir yakunida futbolchi va murrabiylarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi – “Chevrolet Lacetti Gentra” avtomobillari topshirildi.
1-18-mart kunlari yurtimiz mezbonligi ostida oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Qitʼa birinchiligi uchun oʻtkazilgan bahsning final uchrashuvida Oʻzbekiston hamda Iroq yoshlar terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar. Qiziqarli va kurashlar ostida oʻtgan bahsda oʻzbekistonlik yoshlar gʻalaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Iroq 🇮🇶 Gol: Umarali Rahmonaliyev
Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining final uchrashuvida iroqlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Qitʼa chempionligini taqdim etuvchi ushbu uchrashuv poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 🏆 U-20 Osiyo kubogi 🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Iroq 🇮🇶 📆 18-mart | 19:00 🏟 “Bunyodkor” stadioni
Osiyo kubogi musobaqasining hal qiluvchi uchrashuviga bir kun qolmoqda. Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chempionlik yoʻlida Iroq termasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston – Iroq 18-mart | 19:00 “Bunyodkor” stadioni