Free ebooks Library zlibrary project

16-noyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qozogʻistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Futbol ishqibozlari mazkur uchrashuv uchun chiptalarni uydan chiqmagan holda iTicket.uz platformasi orqali elektron shaklda xarid qilishlari mumkin. 🎫 Chiptalar narxlari: 🔹2-toifa – 15 000 — 20 000 soʻm; 🔹1-toifa (CIP) – 50 000 soʻm. 📍 Chiptalarni, shuningdek, Samarqand Darvoza, Ecobozor, Rivera savdo markazi 

Batafsil

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “JAR” stadionida oʻtkazilgan bahsda mehmonlar bitta top farqi bilan gʻalaba qozondilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 2:3 Koreya 🇰🇷  Gollar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 1ʼ, Li Junsang 11ʼ, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 45+2ʼ, Li Yongjun 85ʼ, Bae Junho 90+5ʼ.

Toshkent shahrida 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunladi. Qiziqarli oʻtgan musobaqaning hal qiluvchi oʻyinida AGMK qizlari “Sevinch” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning asosiy vaqtida 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Shundan keyin jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda olmaliqlik qizlar gʻalaba qozonishdi. Shu tariqda AGMK jamoasi 16 yoshgacha qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida bosh sovringa ega chiqdi.

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Rabat shahridagi yigʻin doirasida Marokash terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari dastlabki bahsda bitta gol farqi bilan imkoniyatni boy berishdi. 🇲🇦 Marokash 4:3 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gollar: Sufiyon Charui 12ʼ, 19ʼ, Anas El Ayane 25ʼ, Davron Choriyev 26ʼ, Ixtiyor Ropiyev 28ʼ, Sufiyon El Mesrar 37ʼ, Husniddin Nishonov 39ʼ. 

Batafsil