Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi hamda “BMB” klubi yetakchisi Husniddin Nishonov “Eng yaxshi futzalchi” sovrinini qoʻlga kiritdi. Nishonov yakunlangan mavsumda futzal boʻyicha Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi, shunindek, “Jizzax Kenteks” safida mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibiga aylandi.
Joriy yil Kuvaytda oʻtkazilgan Osiyo kubogining bronza medali sohibi, shunindek, “Jizzax Kenteks” bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibi — Bahodir Ahmedov “Eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi.
“Eng Zoʻr-2022” Futzal. Yil futzalchisi boʻlishga nomzodlar: – Ravshan Eliboyev (Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “BMB”) – Ixtiyor Ropiyev (Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “Jizzax-Kenteks”) – Davron Choriyev (Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “BMB”) – Husniddin Nishonov (Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “BMB”)
“Eng Zoʻr-2022” Futzal. Yil murabbiyi bo’lishga nomzodlar: – Fuzuliy Xayrullayev (“Oil Star”) – Nodir Eliboyev (O’zbekiston futzal terma jamoasi va “BMB”) – Bahodir Ahmedov (O’zbekiston futzal terma jamoasi va “Jizzax-Kenteks”) – Aleksandr Petrov (“AGMK”)
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Rabat shahridagi yigʻin doirasida Marokash terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari dastlabki bahsda bitta gol farqi bilan imkoniyatni boy berishdi. 🇲🇦 Marokash 4:3 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gollar: Sufiyon Charui 12ʼ, 19ʼ, Anas El Ayane 25ʼ, Davron Choriyev 26ʼ, Ixtiyor Ropiyev 28ʼ, Sufiyon El Mesrar 37ʼ, Husniddin Nishonov 39ʼ.