Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol bo‘yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari oʻrin oldi. E’tiborli jihati, 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi. Shuni alohida ta‘kidlash kerak-ki, yurtimiz FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi joriy yil sentyabr oyidagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini Toshkentda o’tkazadi. Yig’in davomida Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Argentina vakillariga qarshi ikkita o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazishi reja qilingan. 14-sentyabr O’zbekiston — Argentina 15-sentyabr O’zbekiston — Argentina
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Braziliya 5:0 Oʻzbekiston Eslatib oʻtamiz, ikkinchi uchrashuv ertaga 5-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Oʻzbekiston U-20 futzal terma jamoasi mart oyida Santaren shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Nodir Eliboyev boshchiligidagi vakillarimiz mazkur yigʻin doirasida portugaliyalik futzalchilarga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 17-18-mart kunlari boʻlib oʻtadi. 17-mart Portugaliya 🆚 Oʻzbekiston 18-mart Portugaliya 🆚 Oʻzbekiston
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi mart oyida xorijda navbatdagi oʻquv-mashg‘ulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yigʻin doirasida Braziliya futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Bahslar 4-5-mart kunlari boʻlib oʻtadi. 4-mart Braziliya 🆚 Oʻzbekiston 5-mart Braziliya 🆚 Oʻzbekiston