Oʻzbekiston U-20 futzal terma jamoasi mart oyida Santaren shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Nodir Eliboyev boshchiligidagi vakillarimiz mazkur yigʻin doirasida portugaliyalik futzalchilarga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 17-18-mart kunlari boʻlib oʻtadi. 17-mart Portugaliya 🆚 Oʻzbekiston 18-mart Portugaliya 🆚 Oʻzbekiston
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi mart oyida xorijda navbatdagi oʻquv-mashg‘ulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yigʻin doirasida Braziliya futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Bahslar 4-5-mart kunlari boʻlib oʻtadi. 4-mart Braziliya 🆚 Oʻzbekiston 5-mart Braziliya 🆚 Oʻzbekiston
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi hamda “BMB” klubi yetakchisi Husniddin Nishonov “Eng yaxshi futzalchi” sovrinini qoʻlga kiritdi. Nishonov yakunlangan mavsumda futzal boʻyicha Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi, shunindek, “Jizzax Kenteks” safida mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibiga aylandi.
Joriy yil Kuvaytda oʻtkazilgan Osiyo kubogining bronza medali sohibi, shunindek, “Jizzax Kenteks” bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibi — Bahodir Ahmedov “Eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi.