Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futzal terma jamoasi CAFA Futsal Cup turniridagi ishtirokini yakunladi. Oxirgi turda vakillarimiz Qirg’iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi “CAFA Futsal Cup 2023” O‘zbekiston 4:0 Qirg‘iz R. Gollar: Husniddin Nishonov 10′, Abdulla Solihov 29′, Sunnatilla Jo‘rayev 34′, Ilhom Hamroyev 40′. Jamoamiz musobaqa jadvalida 3-o’rin band etdi. Husniddin Nishonov musobaqa toʻpurari bo’di (5 ta gol)

O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi “CAFA Futsal Cup 2023” xalqaro turniring ilk turida Tojikiston terma jamoasini mag’lub etdi O‘zbekiston 4:2 Tojikiston Gollar: Dilshod Rahmatov 16′, Husniddin Nishonov 18′, Faizali Sardorov 20′ (p), Akbar Usmonov 24′, Dilshod Salomov 25′, Ilhom Hamroyev 33′. Ertaga vakillarimiz Afg‘onistonga qarshi uchrashuv oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futzalchilarimiz toʻliq koʻk libosda, darvozabonimiz esa 

Batafsil

“CAFA Futsal Cup 2023”  xalqaro turnirining uchrashuvlar taqvimi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi dastlabki turda tojikistonlik futzalchilarga qarshi bahs olib boradi. 23-iyul 18:00 Oʻzbekiston — Tojikiston 24-iyul 17:00 Oʻzbekiston —  Afg‘oniston 26-iyul 14:00 Turkmaniston — O‘zbekiston 28-iyul 14:00 Eron — Oʻzbekiston 30-iyul 17:00 O‘zbekiston — Qirg‘iz R.

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 8-iyul kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Bahodir Ahmedov jamoasi yigʻin doirasida Turkmanistonga qarshi oʻyin oʻtkazadi. 15, 17-iyul Oʻzbekiston 🆚 Turkmaniston Shundan keyin vakillarimiz “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasida ishtirok etish uchun Tojikistonga joʻnab ketadilar. Ushbu yigʻinga jalb etilgan futzalchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.