Joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati uchrashuvlari uchun chiptalar sotuvi ochilganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Mundial uchrashuvlarini bevosita arenalarda tomosha qilish istagidagi bo‘lgan futzal muxlislari 30-iyul – 5-avgust sanalari oralig‘ida VISA kartalari orqali chiptalarni sotib olishlari mumkin. Ushbu muddatdan so‘ng, boshqa to‘lov tizimlari orqali ham chiptalar sotuvi davom
Bugun Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi qisqa tanaffusdan so‘ng Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Yigʻin doirasida futzalchilarmiz xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Oʻyinlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. Bosh murabbiy tomonidan 17 nafar futzalchi yig‘inga jalb etilgan.
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi va g’alaba qozondi – 7:4. Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz “Mirabror Usmonov kubogi” doirasidagi 4 uchrashuvning barchasida raqiblarni mag’lub etdi va bosh sovrinni qo’lga kiritdi.
Joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari jahon futzalining eng yetakchi terma jamoalari yurtimizda jam bo‘lishadi. Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 bahslari Oʻzbekistonda tashkil etiladi. Mazkur jahon chempionatini faol yoritish istagida bo‘lgan barcha turdagi OAV vakillari uchun akkreditatsiyadan o‘tish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz. Akkreditatsiya jarayoni 15-avgustga qadar davom etadi. Buning uchun FIFA rasmiy saytining media bo‘limi
Joriy yilning sentyabr – oktyabr oylarida mamlakatimizda futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Zufarovich Usmonov xalqaro kubogini tashkil etadi. Unda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Gvatemala futzal terma jamoalari ishtirok etadi. Uchrashuvlar 19–24-iyul kunlari “Yunusobod” sport majmuasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.