Free ebooks Library zlibrary project

12-avgust kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH o‘yinlarining futzal bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Turnirda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shuhrat Tojiboyev shogirdlari musobaqa davomida 4 ta o’yin o‘tkazib, ikki g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Ahamiyatli tomoni shundaki, terma jamoa sardori Fazliddin Botirov 4 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi. Shuningdek, 

Batafsil

O’zbekiston U20 futzal terma jamoasi II MDH o‘yinlari futzal musobaqasi ilk turida Rossiya bilan bahs olib bordi. Jangovor ruhda o’tgan uchrashuvda durang qayd etildi 🏆 II MDH o‘yinlari | Futzal Oʻzbekiston 3:3 Rossiya Gollar: Abror Ahmetzyanov 4′, Denis Suhovey 4′, Yakov Sustavov 11′, Fazliddin Botirov 29′, Denis Suhovey 38′, Ashirbek To’lqinov 39′.

O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi Finlyandiyadagi yig’in doirasida ilk o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Finlyandiya terma jamoasi bilan bo’lgan bahs jangovor durang bilan yakunlandi. Finlyandiya 3:3 O‘zbekiston Gollar: Kunnus Justus 2′, Ixtiyor Ropiyev 15′, Intala Jere 30′, Kunnus Justus 32′, Davron Choriyev 38′, Hayrulla Solihov 39′,

II MDH oʻyinlari futzal musobaqasi uchrashuvlar taqvimi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, Oʻzbekiston U-20 futzal terma jamoasi dastlabki turda rossiyalik futbolchilarga qarshi bahs olib boradi. 8-avgust l 21:30 Oʻzbekiston — Rossiya 9-avgust 18:30 Ozarbayjon —  Oʻzbekiston 11-avgust 21:30 Oʻzbekiston — Belarus 12-avgust 16:00 Qirg‘iz R. — O‘zbekiston Ma’lumot uchun, vakillarimiz bugun tunda Minsk shahriga uchib ketadi.