Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Marokashga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvida ishtirok etdi. Midori Xonda boshqaruvidagi jamoamiz mazkur bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Marokashning ikkala goliga Gizlan Chebbak (24ʼ, 58ʼ) mualliflik qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamizning Marokashga qarshi keyingi uchrashuvi 7-fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Midori Honda boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi fevral oyida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv oʻtkazadi. Oldinda turgan muhim bahslarga reja asosida tayyorgarlik koʻrish maqsadida vakillarimiz Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishishdi. 28-yanvardan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Marokashning Rabot shahrida davom ettiriladi. Jamoamiz Marokash ayollar terma jamoasiga 

Batafsil

Bugun, 25-noyabr kuni “Sevinch” va “OKMK-W” O‘zbekiston Kubogi finali uchrashuvida o‘zaro to‘qnash keldi. Ushbu bahsda Mehribon Egamberdiyeva, Lyudmila Karachik va Malika Burxanovaning gollari evaziga “Sevinch” yirik hisobda g‘alaba qozonib, O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Sevinch” 15-bor Ayollar Oliy ligasi g‘olibi bo‘ldi va taqdirlash marosimida har ikki turnirning chempionlik kubogi topshirildi.

Bugun, 1-noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi doirasida Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Nilufar Kudratova 2-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 50 va 82-daqiqada jamoamiz sardori Lyudmila Karachik raqib jamoa darvozasini ishg‘ol etdi va O‘zbekiston ayollar terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa, Midori 

Batafsil