Xabaringiz bor, O’zbekiston ayollar terma jamoasi Antalya shahrida tashkil etilgan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashdi. Afrika chempionlari hisoblangan Ekvator Gvineyasi va Nigeriya vakillariga qarshi bahslardan so’ng, Bahrom Norsafarov shogirdlari Rossiyaning ikki karra chempioni “SSKA” klubi bilan bellashdi. “Emir Hotels” sport majmuasida o’tgan bugungi bahsda ayollar terma jamoamiz 1-0 hisobida zafar quchdi. Nilufar Qudratova
Antaliyadagi xalqaro turnirda ishtirok etayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “SSKA” vakillariga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi. “Emir Hotels” sport majmuasida bo’lib o’tgan mashg’ulotlarda murabbiylar shtabi asosan futbolchilarning texnik tayyorgarligiga e’tibor qaratdi. Bugun Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Rossiya chempionatining ikki karra chempioni “SSKA” klubi bilan kurash olib boradi. Mazkur bahsda futbolchilarimiz oq
O’zbekiston ayollar terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirining navbatdagi turida Nigeriya vakillariga qarshi maydonga tushdi. 1991-yildan buyon Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi va Afrikaning 11 karra chempioni hisoblangan nigeriyaliklar bilan o’tgan bugungi bahs kutilganidek qiziqarli kechdi. Xalqaro tajribaga ega Afrika jamoasiga qarshi futbolchilarimiz maydonning har bir chizig’ida kurash olib bordi va munosib o’yin namoyish