Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2025–2029-yillar uchun mo‘ljallangan ayollar futbolini rivojlantirish strategiyasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Taqdimot davomida ayollar futboli yo‘nalishida amalga oshiriladigan asosiy strategik maqsad va yo‘nalishlar, jumladan, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, futbol infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro musobaqalardagi ishtirok, hamda ommaviylikni oshirish
Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan Milliy futbol markazi futbolimiz uchun muhim infratuzilma loyihasi hisoblanadi. Ayni paytda mazkur hududda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish holatini o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va kelgusidagi reja va topshiriqlarni belgilash maqsadida qurilish maydonida bo‘ldi. Markaz tarkibida zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini
BARCHA QURILISH TASHKILOTLARI DIQQATIGA! Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Farg‘ona viloyati futbol maktabi davlat muassasasiga sunʼiy qoplamali futbol maydonini yetkazib berish, oʻrnatish va montaj ishlarini amalga oshirish hamda sun’iy maysa granulalarini yetkazib berish boʻyicha bosh pudratchi tashkilotni tanlash yuzasidan O‘FA tomonidan tender eʼlon qilinadi. Obyektning narxi: 5 585 336 822 soʻm Obyektni foydalanishga topshirish muddati: 6
Paragvay poytaxti Asunsion shahrida FIFAning 75-Kongressi boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar qatorida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi. Kun tartibidan FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi, Etika, Apellyatsiya, Boshqaruv, Audit va Muvofiqlik qo‘mitasiga a’zolarni saylash, a’zo assotsiatsiyalar va Kengash tomonidan kiritilgan takliflarni muhokama qilish, futbolda irqchilikka qarshi global pozitsiyani mustahkamlash
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bugun Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi o‘smirlarimiz 24–31-may kunlari yurtimiz mezbonlik qiladigan “CAFA U-17 Championship 2025” xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.