Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi ishchi guruhi hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqmoqda.

Bugun OʼFА mutaxassislari Surxondaryo viloyatida boʼlib, joylarda futbolga boʼlgan eʼtibor, kamchilik va yutuqlarni monitoringdan oʼtkazdi.

Ishchi guruh vakillari viloyatdagi futbolga ixtisoslashgan maktablar va stadionlar koʼzdan kechirdi va amalga oshilayotgan ishlar oʼrgandi. Mashgʼulotlarda ishtirok etayotgan tarbiyalanuvchilar hamda ularning murabbiylar bilan yaqindan muloqot boʼlib oʼtdi. Murabbiylarga zarur koʼrsatma va maslahatlar berildi.

Ishchi guruh tomonidan Jarqo’rg’on, Uzun, Qiziriq tumanlari va Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan bir guruh murabbiylarga OʼFА nomidan tashakkurnomalar topshirildi. Yosh tarbiyalanuvchilarga esa futbol toʼplari va sport anjomlari taqdim etildi. Shuningdek, Eldor Shomurodov tarbiya topgan Jarqo’rg’on tumanidagi futbol maydoni sharoitni ham koʼzdan kechirilib, u yerda bolalar uchun taʼlim tarbiya olishlari va futbol bilan shugʼullanishlari mavjud sharoitlarni yaxshilash borasida maslahatlashildi.

OʼFА ishchi guruhi ertaga Samarqand viloyatiga yo’l oladi.