Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, Osiyo kubogi-2022 Saralash bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Belarus mamlakatida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda.

Bugun ushbu yig’in doirasida Bahrom Norsafarov shogirdlari Belarus vakillariga qarshi o’rtoqlik o’yini o’tkazdi.

“Vitebsk” sport majmuasi mezbonlik qilgan mazkur bahsda ayollar terma jamoamiz durang natija qayd etdi. Jamoamizning yagona goliga Lyudmila Karachik mualliflik qildi.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Minsk shahrida o’tgan avvalgi o’rtoqlik o’yinida Eron vakilalari raqib qilgan edi. Terma jamoamiz ustunligida o’tgan ushbu uchrashuvda hamyurtlarimiz 5-0 hisobida g’alaba qozongan edi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi

Belarus 1-1 O’zbekiston

Gollar: Karina Alxovik 14′ – Lyudmila Karachik 70′