Bugun “Bunyodkor” stadionida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi 2-tur o‘yinlariga start berildi.
Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Laos terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 7:0 hisobida g’alaba qozondi.
Jamoamizning goliga, Diyoraxon Xabibullayeva (32’), Umida Zoirova (33’), Nilufar Qudratova (48’, 90+3’), Maftuna Shoyimova (81’, 90+2’), Asalxon Aminjonova (85’) mualliflik qildi.
Guruhdagi navbatdagi uchrashuvda Nepal jamoasi Shri-Lanka ustidan 8:0 hisobida ustun keldi.
Jamoamiz 3-turda Nepal ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da “Bunyodkor” stadionida start oladi va guruh g‘olib hamda Osiyo kubogi ishtirokchisini aniqlab beradi.