Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining milliy jamoalar murabbiylari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar boʻlimi rahbari Usmon Toshev, OʻFA texnik direktor Gi Kiala va milliy jamoamiz yordamchi murabbiyi Alesh Chex ishtirok etdi.

Uch kun davom etgan konferensiyada Osiyo mamlakatlarining xalqaro turnirlardagi mezbonligi, terma jamoalarning OFK va FIFA musobaqalaridagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. Dasturda, shuningdek, 2026-yilgi Jahon chempionatiga bagʻishlangan qiziqarli muloqot boʻlib o’tdi.