Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finalida Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushdi.
“Bunyodkor” stadionida oʻtkazilgan bahsning asosiy va qoʻshimcha boʻlimlarida gʻolib nomi aniqlanmadi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi penaltilar seriyasida Koreyani 3:1 hisobida magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Koreya R. 🇰🇷
Penaltilar seriyasi:
🇰🇷 Koreya – ❌❌✅❌
🇺🇿 Oʻzbekiston – ✅✅✅
Ravshan Haydarov jamoasi final uchrashuvida Iroq yoshlariga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin 18-mart kuni boʻlib oʻtadi.