Free ebooks Library zlibrary project

73-FIFA Kongressi oldidan tashkilot Kengashi bir qancha muhim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, keyingi yillar davomida oʻtkaziladigan erkaklar va ayollar musobaqalar boʻyicha tegishli xalqaro oʻyinlar kalendarlari batafsil maslahatlashuv jarayonidan soʻng bir ovozdan maʼqullandi.

Unda 2026-yilgi jahon chempionatiga oid bir qator maʼlumotlar taqdim etildi.

Xususan, FIFA Kengashi 2026-yilgi Jahon chempionati uchun 12 guruhdan iborat (jami 48 ta) musobaqa formatiga taklif qilingan tuzatishni bir ovozdan maʼqulladi. Unga koʻra, guruhning 1-2-oʻrin egalari va 3-oʻrinni qayd etgan eng yaxshi 8 ta terma jamoa “play-off” bosqichiga yoʻl oladi.

Xabarda taʼkidlanishicha, qayta koʻrib chiqilgan format barcha jamoalarning kamida uchta oʻyin oʻynashini va raqobatchi jamoalar oʻrtasida muvozanatli dam olish vaqtini taʼminlaydi.