Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Ayni kunlarda yurtimiz bo’ylab futbol mahorat maktablarida 2021-2022 oʼquv yili imtihonlari uchun hujjatlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida qabul jarayonining borishi va imtihonlarni o’tkazishdagi zarur chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga bag’ishlangan navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi.

Videoanjuman shaklida o’tgan majlisda O’FA mutaxassislari, hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va texnik direktorlari hamda futbol mahorat maktablari direktorlari ishtirok etdi.

Yig’ilish avvalida berilgan topshiriqlar ijrosiga doir hududiy futbol assotsiatsiyalari va futbol mahorat maktablari rahbarlarining hisoboti tinglandi. Mahorat maktablariga iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish mezonlariga muvofiq bajarilishi zarur bo’lgan vazifalar belgilandi va mavjud kamchiliklar ustida ishlash bo’yicha kerakli topshiriqlar berildi.

Ravshan Ermatov futbol mahorat maktablari seleksionerlari faoliyatiga tanqidiy baho berib, ularning bilim darajasi, salohiyati va ishlash uslubi tahliliy sarhisob qilinishi kerakligini ta’kidladi. Texnik direktorlar va mas’ul mutaxassislarga seleksionerlarni attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha ko’rsatma berildi. Seleksionerlardan joylarda yosh iqtidorlarni aniqlash va ularni futbol mahorat maktablari qabuliga taklif etish, nazorat va tahlil orqali sohadagi muammolarni o‘rganish hamda yechimini topishda tashabbus ko‘rsatish talab qilinmoqda.

Shuningdek, yig’ilish davomida imtihonlarda yosh futbolchilarga qulay shart-sharoit yaratib berish, shaffoflikka asoslangan baholash mezonlariga amal qilish, har bir yo’nalish bo’yicha mas’ul mutaxassislarni tashkiliy ishlarga tayinlash kabi masalalar ko’rib chiqildi. Hududiy futbol assotsiatsiyalar va futbol mahorat maktablari vakillari mavzuga oid o’z takliflarini bildirdi va o’zaro muhokama etildi.

Ma’lumot o’rnida, yurtimizdagi futbol mahorat maktablariga kirish imtihonlari uchun hujjat qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Qabul komissiyasi tomonidan 2021-2022 oʻquv yili uchun 4-sinfni tamomlagan, 10-11-yoshga toʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari 2021-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.