Free ebooks Library zlibrary project

Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston futzal terma jamoasi bugun tongda Tailand tomon yo’l oldi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Bangkokda “Continental” xalqaro futzal musobaqasida ishtirok etadi. Futzalchilarimiz turnirning dastlabki bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o’zaro kuch sinashadi.

Futzal terma jamoamiz Tailand safari oldidan 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazdi va xalqaro musobaqa uchun yakuniy tarkib aniqlab olindi. Murabbiylar shtabi mazkur turnirga 15 nafar futzalchini tarkibga jalb etdi.

Yig’in davomida ispaniyalik Arkaitz Sisniega va Karlos Korona jamoaning jismoniy tayyorgarligi va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash bo’yicha faoliyat olib bordi.

Bugun tongda futzalchilarimiz Toshkent – Istanbul – Bangkok havo reysi orqali Tailand poytaxtiga yo’l oldi. “Continental” turniri 25-iyul kuni start oladi. Birinchi turda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi.

“Continental” xalqaro turnirida ishtirok etadigan futzalchilarimiz ro’yxati:

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1. Elmuradov Abbos Darvozabon Xuasin J.
2. Elibayev Ravshan Darvozabon Paxtakor
3. Ropiyev Ixtiyor Hujumchi AGMK
4. Erkinov Xushnur Himoyachi Metallurg
5. Adilov Mashrab Himoyachi Paxtakor
6. Raxmatov Anasxon Himoyachi AGMK
7. Xamroyev Ilxom Himoyachi AGMK
8. Nishonov Xusniddin Hujumchi AGMK
9. Raxmatov Dilshod Himoyachi Xuasin J.
10. Choriyev Davron Hujumchi AGMK
11. Jurayev Sunnatilla Hujumchi Paxtakor
12. To’lqinov Elbek Himoyachi Maksam Ch.
13. Umarov Rustam Darvozabon AGMK
14. Usmonov Akbar Hujumchi Paxtakor
15. Axadjonov Muzaffar Hujumchi AGMK