Avval xabar berganimizdek, FIFA konsultanti, Germaniya Bundesligasida ko’p yillar faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Robert Nimen O’FA faoliyatini o’rganish maqsadida mutasaddi va mutaxassislar bilan uchrashmoqda.

Robert Nimen O’zbekiston Professional futbol ligasi vakillari bilan uchrashib, tashkilotning faoliyati va ishlash uslubi bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda germaniyalik mutaxassisga O’zPFLning mahalliy ligalarni o’tkazish, chempionatlar tuzilmasi, marketing va translyatsiyalar bo’yicha amaldagi loyihalar, homiy va hamkor tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha ma’lumot berildi.

O’z navbatida, germaniyalik mutaxassis chempionatlarga tegishli tijoriy huquqularni sotish, teletranslyatsiyalardan daromad olish, homiylarni jalb etish va o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda marketing sohasidagi loyihalar bo’yicha o’z tavsiya va maslahatlari bilan o’rtoqlashdi.