Ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 29-martdan 12-aprelga qadar Olmaliq shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etadi.
Ikki hafta davom etadigan mazkur yig’in davomida Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Hindiston va Belarus vakillariga qarshi maydonga tushadi.
5- va 11-aprel kuni bo’lib o’tadigan xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlariga OKMK stadioni mezbonlik qiladi.
Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari
5-aprel
O’zbekiston – Hindiston
8-aprel
Hindiston-Belarus
11-aprel
O’zbekiston – Belarus