Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yili o’tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.
Bahodir Ahmedov qo’l ostidagi futzal terma jamoasi Toshkent shahrida 10-18 dekabr kunlari o’quv-mashg’ulot yig’inini olib boradi.
Murabbiylar shtabi “O’zbekiston” sport majmuasida tashkil etiladigan mazkur mashg’ulotlarga 18 nafar futzalchini jalb etdi.
Ma’lumot o’rnida futzal bo’yicha Osiyo chempionati 23-martdan 3-aprelga qadar Kuvayt mamlakatida bo’lib o’tadi. Guruh bosqichida futzalchilarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021-yilgi futzal bo’yicha Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.
Yig’inga chaqirilgan futbolchilar ro’yxati:
| № | Ism-familiya | Amplua |
Klub |
| 1. | Elmuradov Abbos | Darvozabon | “Xuasin” |
| 2. | Eliboyev Ravshan | Darvozabon | “Paxtakor” |
| 3. | Umarov Rustam | Darvozabon | AGMK |
| 4. | Ropiyev Ixtiyor | Himoyachi | AGMK |
| 5. | Erkinov Xushnur | Himoyachi | Metallurg |
| 6. | Adilov Mashrab | Himoyachi | “Paxtakor” |
| 7. | Raxmatov Anas | Himoyachi | AGMK |
| 8. | Abduvaliyev Avazbek | Himoyachi | “Paxtakor” |
| 9. | Xamroyev Ilxom | Himoyachi | AGMK |
| 10. | Nishonov Xusniddin | Himoyachi | AGMK |
| 11. | Solixov Abdulla | Himoyachi | AGMK |
| 12. | Raxmatov Dilshod | Hujumchi | “Xuasin” |
| 13. | Choriyev Davron | Hujumchi | AGMK |
| 14. | Usmonov Akbar | Hujumchi | “Paxtakor” |
| 15. | Jo‘rayev Sunnat | Hujumchi | “Paxtakor” |
| 16. | To‘lqinov Elbek | Hujumchi | “Maksam Chirchiq” |
| 17. | Shavkatov Dilmurod | Hujumchi | “Paxtakor” |
| 18. | Ibragimov Davlat | Hujumchi | “Xuasin” |