Free ebooks Library zlibrary project

Shu kunlarda butun dunyo koronavirus pandemiyasi tufayli aziyat chekmoqda. Shu tufayli mamlakatimiz aholisi uchun ham karantin joriy etilgan.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu qiyin davrda viloyatdagi barcha tumanlardagi mahallalarda yashayotgan – hozirgi davrda qiynalgan va nogironi bor oilalarga koʻmak koʻrsatildi.

Ushbu xayrli ishda boshqarma xodimlari, viloyatdagi mashhur faxriy sportchilar ishtirok etishdi. Ular viloyatdagi qiynalgan xonadonlarda boʻlishib, oziq ovqat mahsulotlari va bir martalik tibbiy niqob ulashishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati – minsport.uz