Free ebooks Library zlibrary project

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida sport ixlosmandlari uchun yana bir onlayn musobaqa tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 11-mayidan 19-mayiga qadar havaskorlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Uyda qol va gʻalaba qozon!” shiori ostida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi va unda respublikamizning barcha hududlaridan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan. Onlayn musobaqa gʻoliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Musobaqada qatnashish istagida boʻlgan havaskorlar www.chess.com saytiga kirib, roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Jami 10 ta turnir oʻtkaziladi – 10 ta gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblar bank kartasiga pul oʻtkazish yoʻli orqali taqdirlanadi. Gʻolib havaskor shaxmat boʻyicha birinchi Oʻzbekiston Chempionati gʻolibi diplomi bilan taqdirlanadi.

Oʻyinlar oʻn kun davomida 11-maydan 19-mayga qadar Toshkent vaqti bilan 20:30 da oʻtkaziladi. Gʻolib ikki marta qatnashish huquqiga ega emas.

Turnirdan koʻzlangan maqsad – aholining boʻsh vaqtini mazmunli va sifatli oʻtkazish, karantin davrida sport hamda koʻngilochar strategiyalarni targʻib qilish, shuningdek, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirish.

Oʻyinlar va qiziqarli sharhlarni Esports Uzbekistan Federatsiyasining Youtubeʼdagi rasmiy kanali (https://www.youtube.com/channel/UCXcUXd7HiXVqnZuexfBpVjA) orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi rasmiy saytlar orqali olishingiz mumkin:

www.minsport.uz

www.esports.uz

www.sportluxury.uz

Karantin davrini uyda qolib, sport bilan mazmunli oʻtkazing. Onlayn musobaqada ishtirok eting hamda gʻolib boʻlish imkoniyatini qoʻldan chiqarmang!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati