Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylarning malaka va salohiyatini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

2-mart kuni “Chigʼatoy” bazasida OFKning “B” diplomi dasturi boʼyicha murabbiylik kurslarining birinchi moduli start oldi. Oʼquv jarayonida 24 nafar murabbiy tahsil olmoqda. Ular qatorida Ilyos Qurbonov, Jamshid Mirabdullaev, Bahriddin Vahobov, Аbduvali Moʼminov ham bor.

Murabbiylik kurslari FIFA hamda OFK yoʼriqchisi Islom Ahmedov rahbarligida oʼtmoqda. Oʼquv jarayoni ham amaliy, ham nazariy mashgʼulotlardan iborat. Birinchi modul ertaga, 6-mart kuni yakunlanadi.

Qayd etish joiz, “B” oʼquv kurslari 4 ta moduldan iborat boʼladi. Modullar oraligʼidagi tanaffus 1 oyni tashkil qiladi.