Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Server Jeparov boshchiligidagi O‘zbekiston U-14 terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda.

2006-2007-yillarda tavallud topgan futbolchilaridan iborat terma jamoamiz ayni paytda 2 qismdan iborat yig‘in o‘tkazmoqda. Dastlabki 24 nafar futbolchidan iborat tarkib 27-yanvar – 1-fevral kunlari oralig‘ida mashg‘ulotlar va o‘yinlar olib bordi. 3– 8-fevral oralig‘ida esa navbatdagi 24 nafar futbolchi bilan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Bugun yig‘inning dastlabki qismi 2 ta nazorat o‘yini bilan yakunlandi.

Dastlab “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari 3:0 hisobida dog‘da qoldirilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda “Odil Junior” jamoasi 5:1 hisobida mag‘lub etildi.

 

O‘zbekiston U-14 – Bunyodkor 3:0

Gollar: Ibrohim Tursunaliyev (2 ta), Amir Saidov.

 

O‘zbekiston U-14 – Odil Junior 5:1

Gollar: Abdurahmon Abdullayev (3 ta), Zikrillo Muxtorov (2 ta).