Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Gana va Iroq vakillariga qarshi maydonga tushadi.

O’zbekiston futbol assotsiatsiatsiyasi Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvini Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida tashkil etishni reja qilgan. Mazkur bahs 26-mart kuni soat 18.00 da start oladi.

Milliy jamoamizning Iroq vakillariga qarshi o’rtoqlik o’yini poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tadi. Uchrashuv 29-mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.

Stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish, o’zaro ijtimoiy masofa saqlash talab etiladi.