Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Shu bois, O‘FAning mas’ul xodimlari joriy yilgi mavsumda Jizzax viloyati sharafini himoya qiladigan klub futbolchilari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati tashkil etilib, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, O‘FA ishchi guruhi vakillari Jizzax shahrida joylashgan So‘g‘diyona markaziy o‘yingohining hozirgi holati bilan ham tanishib chiqdilar.