Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Coca-Cola Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “Paxtakor” uchrashuvida yuzaga kelgan tartibsizliklar masalasi ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaga taqdim etilgan ma’lumotlar, dalillar hamda video-yozuvlar natijasida uchrashuv davomida har ikki jamoaning ayrim rasmiy shaxslari texnik zonani bir necha marotaba tark etib, bosh hakamga qo‘pol tarzda e’tiroz bildirgani, uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam VAR monitoridan foydalanishi vaqtida uning ish faoliyatiga halal berilgani aniqlandi. Qolaversa, uchrashuvning so‘ngida “Navbahor” futbol klubi muxlislari uchrashuv rasmiy shaxslarini noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani, shuningdek, ular tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani, O‘zMTRKga tegishli ko‘chma televizion stansiyaga hujum qilingani va unga jiddiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavjud dalillar va ko‘rsatmalar atroflicha o‘rganib chiqilib, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Navbahor lochinlari” futbol klubi ishqibozlarini muxlislik madaniyatidan chetga chiqib, stadionga turli buyumlarni uloqtirgani, stadion va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, jamoa rasmiy shaxslari tomonidan stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.4., 5.9-bandlariga muvofiq “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Navbahor lochinlari” futbol klubi Texnik direktori Mustafo Bayramov, darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani, jamoa ma’muri Abdurauf Gʻulomov uchrashuv yakunida raqib jamoa futbolchilari maydonni tark etayotgan vaqtda noprofessional tarzda ularni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun ularga nisbatan futbol klubi tomonidan ichki intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida “Navbahor lochinlari” futbol klubiga yozma taqdimnoma kiritildi.

O‘z o‘rnida, uchrashuv vaqtida “Paxtakor” futbol klubi rasmiy shaxslari tomonidan texnik zonani bir necha bor tark etib, stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlari sodir etilgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi qo‘llanildi.