Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida futzal terma jamoamiz 25-30 iyul kunlari Tailandda tashkil etiladigan xalqaro futzal turnirida ishtirok etadi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqaning guruh bosqichi doirasida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o’zaro kuch sinashadi.

Rejaga ko’ra futzalchilarimiz Toshkent davom etayotgan o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomlab, 19-iyul kuni Bangkok shahriga yo’l oladi.

“Continental” xalqaro futzal turniri
A guruhi

1-tur | 25.07.2021
O’zbekiston – Kosova

2-tur | 26.07.2021
Mozambik – O’zbekiston

3-tur | 27.07.2021
Tailand – O’zbekiston