Free ebooks Library zlibrary project

Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha “CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar U-19 terma jamoasi oxirgi uchrashuvini mezbonlarga qarshi o‘tkazib 7:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Yakunda futzalchi qizlarimiz 12 ochko jamrg‘ardi va 2-pog‘onani band etdi.

 

CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020

5-tur.  29-yanvar.  Dushanbe.

Tojikiston U19 – O‘zbekiston U19 2:7

Gollar: So‘g‘diyona Allamurodova (8, 29), Shaxnoza Qurbonova (19), Laylo Shodieva (20, 22), Madina Hikmatova (32), Shahrizoda Zaynitdinova (39).

O‘zbekiston U19  (Birinchi beshlik): 16. Sevara Nurullaeva, 2. Ilvina Kamaliyeva, 3. Ozoda Hojiyeva, 6. So‘g‘diyona Allamurodova, 8.  Shahrizoda Zaynitdinova.

Zaxira: 1. Zarina Saidova, 12. Angelina Polyushkevich, 4. Madina Hikmatova, 7. Shaxnoza Qurbonova, 9. Laylo Shodiyeva, 11. Nozima Ergasheva, 13. Durdona Baxtiyorova, 14. Marina Kosnikova.